Ko'rgazma

Joriy yilning 5-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasida joylashgan 9-maktabda milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Asrlar osha sayqal topgan qadriyatlar” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada xalqimizning boy tarixiy merosi, urf-odat va an’analari, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan turli badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar keng o‘rin oldi. Tadbir davomida o‘quvchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan bebaho qadriyatlarning mazmun-mohiyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ko‘rgazma yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.