O‘zbek-qozoq madaniyat markazida do‘stlik va hamkorlik tantanasi

📌 O‘zbek-qozoq madaniyat markazida do‘stlik va hamkorlik tantanasi Tashrif doirasida mehmonlar O‘zbek-qozoq madaniyat markazida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari — Janat Shardarbекova, Shaxmira Bayjigitova, taniqli shoirlar Aydar Seidazym Bastarbekuly hamda Sailauhan Zholanov, shuningdek, ilmiy xodim Ulug‘bek Junisbayev va boshqa ijodkorlar, xususan O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Nurali Qobul ham faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ikki xalqning boy milliy an’analari, urf-odatlari, san’ati va adabiyotini aks ettiruvchi rang-barang badiiy chiqishlar namoyish etildi. Milliy qo‘shiqlar, jozibador raqslar hamda sahna ko‘rinishlari orqali o‘zbek va qozoq xalqlarining o‘ziga xos madaniyati keng yoritilib, mehmonlarda iliq va unutilmas taassurot qoldirdi. Shuningdek, dastur doirasida adabiy-badiiy chiqishlar, she’rxonliklar hamda ijodiy namoyishlar tashkil etilib, ularda do‘stlik, hamjihatlik, vatanga muhabbat va umumiy qadriyatlar tarannum etildi. Bu esa tadbirning ma’naviy ahamiyatini yanada oshirdi. Uchrashuv davomida o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik rishtalari, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan yaqin madaniy aloqalar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, bugungi kunda mazkur hamkorlikni yanada mustahkamlash, madaniy almashinuvlarni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro esdalik sovg‘alari almashilib, bu ikki xalq o‘rtasidagi samimiy munosabatlar va mustahkam do‘stlikning yana bir yorqin ifodasiga aylandi. Mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash va kelgusidagi samarali hamkorlik uchun muhim zamin yaratdi.