#Siyosiy_marifat_soati 🗓Joriy yilning 24-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari navbatdagi siyosiy-ma’rifat soatida ishtirok etishdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Q.To'qayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida ma’lumotlar berildi. ✔️Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi. Tadbir ishtirokchilari mazkur uchrashuvning ahamiyati va uning mintaqaviy taraqqiyotdagi o‘rni haqida fikr almashdilar.