#Yoshlar_kuni 🖥Joriy yilning 23-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan Madaniyat markazida yosh kitobxonlar ishtirokida “Yoshlar qalbida kitobga mehr” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qildi. 🔻Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari, zamonaviy adiblarning ijod namunalari, shuningdek, yoshlar tarbiyasiga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar keng namoyish etildi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan kitoblarning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, yoshlar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar tashkil qilindi. 🔻Yosh kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirildi. ✔️Mazkur ko‘rgazma yoshlarni mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kitobga oshno etish va intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.