#Mahorat_darsi 🗓 2026-yil 23-aprel kuni Mirzacho'l axborot-kutubxona markazida axborot-bibliografiya xizmati tomonidan “Axborot-kutubxona markazida huquqiy va me’yoriy hujjatlar asosida ish olib borish” mavzusida kutubxona xodimlari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi kutubxona faoliyatini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar asosida samarali yo‘lga qo‘yish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. ✔️Mahorat darsida xodimlarga kutubxona ishini tartibga soluvchi hujjatlar, fondni shakllantirish va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida amal qilinadigan tartib-qoidalar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, axborot-bibliografik xizmatni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi. Tadbir davomida xodimlar o‘zaro fikr almashib, savollariga javob oldilar.