#Fotogalereya 🗓2026-yil 23-aprel kuni Mirzacho'l tuman musiqa va san’at maktabida axborot-kutubxona xodimlari tashabbusi bilan mazmunli fotogalereya tashkil etildi. Ushbu galereyada kutubxonada olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilayotgan faoliyatlar, xususan, kitobxonlikni targ‘ib etish, o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, uchrashuvlar hamda turli loyihalardan lavhalar aks ettirildi. ✔️Fotogalereya orqali kutubxonaning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlodni kitob mutolaasiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi. Tashkil etilgan ko‘rgazma o‘quvchilar va tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishiga xizmat qildi.