2025-yil 17-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Erjar” va “Mustaqillik” mahallalari yoshlari ishtirokida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ✅Ko‘rgazmada 21 nafar ishtirokchi qatnashib, unda 30 dan ziyod tarixiy va badiiy adabiyotlar namoyish etildi. Tadbir o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, shuningdek, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.