#xazinalar_durdonasi

#xazinalar_durdonasi 🖊To'lqin Hayit 📚Buyuk salohiyat sohibi Suron solib davrlar o'tadi, inson umri ham bir lahzalik va bu lahza nuri ham tez so'nadi, ammo o'zini hurmat qilib, el uchun yashagan insondan saodatli nom, tilga olsa arzigulik ishlar qoladi. Bobomiz Sohibqiron Amir Temur tarix sahnasining eng yuqori joyidan munosib o'rin egallagan dongdor shaxs sifatida e'zozlanadi. U serqirra faoliyat yuritdi, harbiy ishlari esa hayotning bir qirrasi, xolos. Dunyoda adolat o'rnatish, ilm-fan. me'morchilik, adabiyot, san'at, tarix va boshqa yana o'nlab sohalarda amalga oshirgan saodatli, unutilmas ishlari ham borki, ularning har biri Sizga o'rnak bo'larli darajada arzirli voqeadir. Ushbu kitobchada ulug' bobongiz hayotining ayrim qirralari Sizlar uchun sodda tilda hikoya qilingan.