Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan berilgan ta'til kunlari Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” doirasida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan “Zomin” dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi. ⚡️Bu kabi tashabbuslar ishchi-xodimlarning mehnatga munosabatini mustahkamlash va ish jarayonidagi samaradorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoaviy dam olish orqali xodimlar ishdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ega bo‘ldilar.